Siz bosib o'tgan yo'l — kim uchundir birinchi qadam
MentorGO xorijda o'qishni istagan yoshlarni shu yo'lni bosib o'tgan sizdek insonlar bilan bog'laydi. Biz sizga qimmatli tajribangizni boshqalarga ulashish, turli darajada yo'l ko'rsatish hamda daromadli professional mentorlikka aylantirishda yordam beramiz.
Turkiya Burslari1 mentor
Erasmus+1 mentor
Irlandiya Hukumati Stipendiyasi1 mentor
FLEX1 mentor
JACAFA1 mentor
Seeds for the Future1 mentor
Siz tajriba va bilim berasiz. Qolganini biz bajaramiz.
Biz MentorGO loyihasini siz kabi mentorlar uchun yo'lga qo'yganmiz. Ilk sessiyangizni o'tkazishdan tortib, o'z kursingizni yo'lga qo'yishgacha — har bir bosqichda sizni o'zingiz istagan darajada qo'llab-quvvatlaymiz.
Individual xizmatlar
O'zingiz belgilaysiz
Dastlabki konsultatsiya
Maqsadingizni aniqlash, keyingi qadamlarni belgilash va savollaringizga javob.
Portfolio tahlili va mos grantlar tanlash
Akademik portfolio va karyera maqsadini tahlil qilib, mos grantlarni tanlash.
Ma'lum bir grantga mos strategiya tuzish
Grant talablari va g'oliblik mezonlari asosida hujjat strategiyasi.

Aynan siz bosib o'tgan yo'lga qiziqqan talabalarni profilingiz va xizmatlaringizga yo'naltiramiz.
Aynan siz bosib o'tgan yo'lga qiziqqan talabalarni profilingiz va xizmatlaringizga yo'naltiramiz.
Mentorlik uchun qancha vaqt ajratish, qanday xizmatlar taklif qilish va ularning narxini belgilash o'z qo'lingizda.
Xohishingizga ko'ra, talabalarning dastlabki savollariga javob beramiz, ularga mos xizmatingizni tanlashda yordam beramiz va to'lovlarni qabul qilamiz.
Tajribangiz, bosib o'tgan yo'lingiz, yutuqlaringiz va siz yordam bergan talabalarning natijalari bir sahifada jamlanadi. Mentorlik faoliyatingizni boshqalarga tanishtirishda ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.
Biz sizga nafaqat platforma taqdim etamiz, balki shaxsiy brend qurishda, auditoriyangizni ko'paytirishda va mentorlik faoliyatingizni yanada balandroq darajaga olib chiqishda yordam beramiz.
O'zingizga qulay joydan boshlang va xohlaganingizcha o'sing.
Talabaga bir martalik sessiya davomida maslahat berishingiz yoki butun ariza jarayonida hamroh bo'lishingiz mumkin.
Mentorlik arizasidan ilk talabagacha
-
1-bosqich
Xorijda o'qish tajribangiz va mentorlik qiziqishlaringiz bo'yicha ariza qoldiring.
-
2-bosqich
Arizangiz tasdiqlangach, shaxsiy kabinetingizda profil, xizmatlar va jadval qanday boshqarilishini o'rganing.
-
3-bosqich
Qanday xizmatlar taklif qilishingizni, ularning narxi va vaqtini belgilang. Ikkilansangiz, ilk xizmatlaringizni jamoamiz bilan birga shakllantiring.
-
4-bosqich
Mentorlik portfoliongizni shakllantiring, avvalgi o'quvchilaringiz natijalarini qo'shing. Masterklasslar orqali auditoriyangizni kengaytiring.
-
5-bosqich
Ilk konsultatsiyada talaba portfolio va xohishlarini o'rganing, savollariga javob bering va keyingi qadamlarini birgalikda belgilang.
Mentorlik faoliyatingiz bitta professional platformada
Yaqinlashayotgan sessiyalaringizni ko'ring. Qaysi talaba bilan, qachon va qaysi xizmat bo'yicha uchrashishingizni bir joydan bilib oling.
Kimlar mentor sifatida biz bilan ishlashi mumkin
Xorijda o'qiyotgan yoki o'qigan bo'lsangiz, loyihamizga mentor sifatida qo'shilishingiz mumkin. Avval mentorlik qilgan bo'lishingiz shart emas. Biz uchun muhimi — ariza jarayonini tushunishingiz, o'z tajribangizni boshqalarga tushuntira olishingiz va ularga mustaqil qaror qabul qilishda yordam berishni istashingiz.
O'zingiz yutgan grant misolida nomzodlarga tanlov bosqichlarini tushuntirishingiz va tayyorgarlikda yo'l ko'rsatishingiz mumkin.
Talabalarga universitet stipendiyalarini topish, talablarini tushunish va ariza tayyorlashda yordam berishingiz mumkin.
Universitet tanlash, xarajatlarni rejalashtirish va xorijda talabalik hayotiga moslashish bo'yicha tajribangizni ulashishingiz mumkin.
Eng muhim qadriyatimiz
Biz uchun mentorlik — avvalo talabaga kelajagi uchun to'g'ri yo'lni tanlashda va shu yo'lga mos imkoniyatlarga munosib nomzod bo'lib yetishishda yordam berish. Biz yo'l ko'rsatamiz va fikr bildiramiz. Qarorlarni talabaning o'zi qabul qiladi va maqsadi sari o'zi harakat qiladi.
Mentorlarimiz bilan tanishing
Barcha 57 mentor
MentorGOga qo'shilish qadamlari
Arizani to'ldirish taxminan 5–10 daqiqa oladi.1-qadam · CV yuklanadi va tahlil qilinadi
Ko'p so'raladigan savollar
Bu siz taklif qiladigan xizmatlarga bog'liq. 1:1 sessiyalar uchun oyiga 5–10 soat yetarli, to'liq mentorlik paketlari va kurslar esa ko'proq vaqt talab qiladi. Jadvalingizni o'zingiz belgilaysiz.
Aynan siz bosib o'tgan yo'lga qiziqqan talabalarni profilingiz va xizmatlaringizga yo'naltiramiz. Masterklasslar va bepul resurslar orqali auditoriyangizni o'zingiz ham kengaytirishingiz mumkin.
Ha. Bepul tanishuv suhbatlari, masterklasslar yoki resurslar taklif qilishingiz mumkin. Qaysi xizmat pullik, qaysi biri bepul bo'lishini o'zingiz hal qilasiz.
Komissiya 20% dan boshlanadi. Bu stavka odatda soliqlar va MentorGO to'laydigan boshqa komissiyalarni ham qamrab oladi. Soliq yoki boshqa majburiy talablar o'zgarsa, stavkalar qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Eng yuqori yordam darajasida ham sizning ulushingiz MentorGO komissiyasidan ko'proq bo'ladi.
Komissiya jamoamizdan qanday darajada yordam olishingizga bog'liq. Stavkalar mentorlar uchun hamkorlik shartlarida ko'rsatiladi. Agar siz bilan birga maxsus xizmat tashkil qilsak, komissiyani oldindan kelishib olamiz. Bepul tanishtiruv videolarimizda ham yordam darajalari va ularga mos stavkalarni batafsil tushuntiramiz.
Talabalar to'lovni MentorGO orqali amalga oshiradi. Sizning ulushingiz hamkorlik shartlarida ko'rsatilgan muddat va usulda siz ko'rsatgan hisobga o'tkaziladi.
1:1 sessiyalar va individual xizmatlarni shaxsiy aloqa ma'lumotlaringizni ulashmasdan o'tkazishingiz mumkin. Ularni talabaga berish-bermaslikni o'zingiz hal qilasiz. Mentorlik kurslarida esa siz odatda talabalar bilan bir Telegram guruhida bo'lasiz va ular bilan shu yerda muloqot qilasiz.
Ha. MentorGO eksklyuzivlik talab qilmaydi — mustaqil yoki boshqa joylardagi faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin.
Ha. Tajribangiz yoki profilingiz yangilangach, qayta ariza topshirishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish sahifasi mavjud arizangiz va uning holatini ko'rsatadi.