Germaniya
Mohinur Erkinova
DAAD ERP va NSP stipendiyalari gʻolibasi
University of Bonn
MSc in Economics · Magistratura
Mentor haqida
Mohinur Erkinova Germaniya hukumatining DAAD ERP (2024) dasturida gʻolib boʻlib, Bonn Universitetining iqtisodiyot yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U shuningdek, NSP (National Scholarship Program, 2022) almashinuv dasturi gʻolibasi sifatida Slovakiyadagi Bratislava iqtisodiyot universitetida o‘z bilimlarini oshirgan.
Markaziy Osiyo Yoshlar Liderlik Akademiyasi (CAYLA, 2021), O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Yosh Manager" (2021) dasturi, AQSh elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan Self-Defence Camp for Women and Girls (2021) va "Learning Python for Data Analysis" (2021) kurslarida faol ishtirok etgan. Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy Innovatsiyalar Inkubatori (2023) va Changemakers Camp (2022) seminarlarida ham o‘z tajribasini oshirgan. "Dunyo iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi va O‘zbekistonning innovatsion rivojlanishi" mavzusida ilmiy maqola nashr etgan (2021).
2023-yildan buyon Eurasia Foundation, USAID Social Innovations in Central Asia doirasida Dasturlar va Grantlar Boshqaruvi assistenti sifatida faoliyat olib bormoqda.
Shaxsiy grant tajribasi
NSP
Mentorlik yo'nalishlari
Davlatlar
Grantlar
NSP
Bosqichlar
Ta'lim turi
Ta'lim
-
Magistratura · Economics 2024 – 2026University of Bonn -
Almashinuv dasturi · Economics 2022 – 2023University of Economics in Bratislava -
Bakalavr · Finance, banking and insurance 2019 – 2023Tashkent Institute Of Finance
Masterklasslar hali e'lon qilinmagan
Mentor masterklass o'tkazganda u shu yerda ko'rinadi. Hozircha individual sessiya band qilishingiz mumkin.