Sevara Khamdamova

Germaniya

Sevara Khamdamova

DAAD & UGRAD g'olibasi
University of Würzburg Education Management · Magistratura

Mentor haqida

Sevara Khamdamova — Germaniya hukumatining DAAD Master Studies for All Academic Disciplines stipendiyasi (2026/27) sohibasi hamda Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi laureati. Hozirda Germaniyadagi University of Würzburgda magistratura bosqichida tahsil olishni davom ettirmoqda. U ta’lim, yoshlar rivoji va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, xalqaro ta’lim loyihalarini boshqarish va amalga oshirishda faol ishtirok etgan.

Professional faoliyati davomida Sevara American Councils, USAID, British Council, Cambridge University Press & Assessment, UNICEF, UNESCO va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan. 2023-yilda United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC) Regional Office for Central Asiada amaliyot o‘tab, mintaqaviy loyihalar va xalqaro tashabbuslarda ishtirok etgan. Bundan tashqari, 2022-yilda AQShning Global UGRAD Program stipendiyasi asosida University of Missouri–St. Louis universitetida tahsil olib, xalqaro akademik almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Sevara O‘zbekiston vakili sifatida qator nufuzli xalqaro konferensiya va forumlarda ishtirok etgan, jumladan, APCEIU tomonidan Seul shahrida tashkil etilgan Global Citizenship Education konferensiyasi, OSCEning Bishkekdagi mintaqaviy seminar va treninglari hamda ICYF Islamic Cooperation Youth Forumning Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro yoshlar dasturlarida qatnashgan.

Mentorlik yo'nalishlari

Davlatlar

Amerika Qo‘shma Shtatlari Germaniya

Grantlar

UGRAD DAAD

Bosqichlar

Magistratura Almashinuv (Bakalavr)

Ta'lim

  1. Magistratura · Education Management 2026 – 2028
    University of Würzburg
  2. Magistratura · International Relations 2023 – 2024
    The University of World Economy and Diplomacy
  3. Almashinuv dasturi · Linguistics 2022 – 2022
    University of Missouri–St. Louis (UMSL)
300 000 soʻm dan