Quvonchbek Otabekov Germaniyaning Regensburg universitetida nemis va qiyosiy huquq yo‘nalishi bo‘yicha Master of Laws (LL.M.) darajasida tahsil olgan. 2026-yil oktabr oyidan boshlab Germaniyaning LMU Munich (Ludwig-Maximilians-Universität) universitetida Yevropa va xalqaro iqtisodiy huquq yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)ning xalqaro va qiyosiy huquq yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. TDYU va Nagoya universiteti hamkorligidagi Yapon huquqini tadqiq qilish markazida tahsil olgan.
U Germaniyaning Allianz Commercial kompaniyasida Global ma’lumotlar ofisi (GDO) doirasida sun’iy intellekt boshqaruvi (AI Governance & Advanced Analytics) yo‘nalishida amaliyot o‘tamoqda. Allianz Technology SE kompaniyasida komplayens yo‘nalishida faoliyat yuritib, kompaniyaning bosh komplayens direktori (CCO) bilan hisobotlar tayyorlash, ko‘p yillik tahlillar, xalqaro sanksiyalar tekshiruvi (sanctions screening), huquqiy tadqiqotlar hamda 23 ta yurisdiksiyani qamrab olgan regulyatorlik bazasini yaratishda ishtirok etgan.
Shuningdek, bakalavriat davrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparatida amaliyot o‘tagan. Quvonchbek Otabekov xalqaro ta’lim va yetakchilik dasturlarida ham faol ishtirok etib keladi. U Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi va JICE tomonidan tashkil etilgan MIRAI qisqa muddatli almashinuv dasturining Rule of Law yo‘nalishi g‘olibi (2023), AQSh elchixonasi va American Councils tomonidan tashkil etilgan YPIP (Young Professional Internship Program) dasturi ishtirokchisi, shuningdek, Germaniyaning Friedrich-Ebert jamg‘armasi va Mahorat & Management tomonidan tashkil etilgan YoLP (Young Leadership Program) granti sohibi hisoblanadi.
Bundan tashqari, u Yaponiyaning Nippon jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladigan JACAFA stipendiyasining yarim finalchisi. Xalqaro professional hamjamiyatlarda ham faol bo‘lib, ELSA Germany, Young ICCA va German Arbitration Institute (DIS40) a’zosi hisoblanadi.