Boburbek Babajonov

DAAD PhD stipendiyasi g'olibi | Information Technologies

About Mentor

Boburbek Babajanov — axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassis, tadqiqotchi va akademik, Erasmus+ akademik almashinuv dasturlari ishtirokchisi hamda DAAD PhD stipendiyasi 2026-yil uchun g'olibi.

Boburbek Erasmus+ dasturining KA171 xalqaro akademik almashinuv dasturi doirasida Germaniyaning Carl von Ossietzky University of Oldenburg universitetida magistratura bosqichida akademik almashinuv dasturida tahsil olgan. Keyinchalik Erasmus+ KA171 Staff Mobility for Teaching dasturi doirasida o‘qituvchilar akademik almashinuvida ishtirok etib, Carl von Ossietzky University of Oldenburg universitetida o‘quv seminarlari va dars mashg‘ulotlarini olib borgan.

U shuningdek Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi laureati. Ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnallar hamda konferensiyalarda ilmiy maqolalari chop etilgan.


Education

Almashinuv dasturi, Information Technologies
2024 - 2025
Magistratura, Information Technologies
2023 - 2025

300 000 soʻm dan