Mohirjon Rixsivoyev

PhD ilmiy tadqiqotchisi | Litva Davlat Stipendiyasi dasturi gʻolibi

About Mentor

Mohirjon Rixsivoyev Slovakiya Respublikasining Milliy Stipendiya dasturi (NSP 2023) doirasida PhD tadqiqot almashinuvi uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant gʻolibi. Shuningdek, Avstriya (2024) va Litva (2025) davlatlarining qisqa muddatli stajirovka va ilmiy almashinuv dasturlari gʻolibi.

Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan Teknofest (2024) va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor sifatida ishtirok etgan. Fulbright (2024) dasturining yarim finalchisi hisoblanadi.

Erasmus+ qisqa muddatli almashinuv dasturlari doirasida Slovakiya (2019) va Italiya (2022) davlatlarida malaka oshirgan. Xitoydagi akademik dastur ishtirokchisi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi (2021–2022) sohibi.

U “Huawei” kompaniyasining Toshkentdagi filialida hamda “Datacom” tizimlarida servis va muhandislik yo‘nalishida 3 yillik ish tajribasiga ega. 2024-yilda Slovakiyaning Koshitse shahrida joylashgan Pavol Jozef Šafárik Universitetida research assistant sifatida ishlagan. 2024-yil sentabrdan dekabrigacha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida research supervisor assistant lavozimida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, ilmiy maqola va tezislari 40 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalar hamda jurnallarda chop etilgan. 40 ga yaqin oʻquvchi va 15 ta grant g‘olibining mentori sifatida faoliyat yuritgan. Hozirda, FHNW — Shveytsariyaning shimoli-g'arbiy amaliy fanlar universitetida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.


Education

PhD, Computer Science
2023 - 2026
Almashinuv dasturi, Mathematics and Informatics
2025 - 2025
Almashinuv dasturi, Intelligent Systems Technologies
2024 - 2025
Almashinuv dasturi, Informatics
2024 - 2024
Magistratura, Telecommunications engineering
2020 - 2022
Bakalavr, Telecommunications engineering
2016 - 2020

Individual konsultatsiya

Mohirjon Rixsivoyev · 60 daqiqa

Mentor kalendaridagi mavjud vaqtlardan birini tanlang yoki Moslashuvchan menusidan o'zingiz vaqt taklif qiling





Konsultatsiya narxi 200 000 soʻm
To'lov Payme orqali amalga oshiriladi. Bekor qilish sessiyadan 12 soat oldin mumkin.