NSP g‘oliblari masterklasslari
MentorGOda ilk bor: 6 nafar NSP g‘olibidan stipendiyaga hujjat tayyorlashga ko'mak beruvchi 6 ta eng muhim mavzudagi qadamma-qadam amaliy masterklasslar
Masterklass haqida
NSP grant dasturi haqida eshitgan va unga ariza topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo “Men ham topshira olamanmi?” yoki “Qayerdan boshlash kerak?” kabi savollarga aniq javob topish har doim ham oson emas.
Shu sababli biz NSP haqida umumiy ma’lumot beruvchi navbatdagi seminar emas, stipendiya g‘oliblarining amaliy tajribasiga asoslangan 6 ta masterklass tayyorladik. Har bir sessiyada mentorlar o‘zlari bosib o‘tgan jarayon, yo‘l qo‘ygan xatolar va muhim xulosalarini siz bilan bo‘lishadi.
Masterklasslarda qabul xatini olish, kuchli CV, Study Plan, motivatsion xat va tavsiyanoma tayyorlash hamda NSP portalida ariza topshirish jarayonini qadamma-qadam ko‘rib chiqamiz.
Biz sizga tayyor “retsept” yoki g'oliblik va’da qilmaymiz. Ammo masterklasslar yakunida stipendiyaga hujjat topshirishni qayerdan boshlash, nimalarga e’tibor berish va o‘z imkoniyatingizni arizada qanday yaxshiroq ko‘rsatish haqida aniq tushunchaga ega bo‘lasiz.
Biz o‘z tajribamizni ulashamiz, keyingi qadam esa sizniki.
Darslar jadvali
-
1
NSP haqida va qabul xatini olish
12-Sentabr, 20:00
Dilshodjon Nematov
-
2
NSP dasturida CVning o'rni va kuchli CVning asosiy jihatlari
16-Sentabr, 20:00
Abdulhamid Haydarov
-
3
Study Plan: Slovakiyada nimalarni o‘rganishni rejalashtirish
19-Sentabr, 20:00
Dinora Tuxtamurodova
-
4
Motivation Letter sirlari: Nega aynan siz tanlanishingiz kerak?
23-Sentabr, 20:00
Komilaxon Anvarjonova
-
5
Tavsiyanoma: Kimdan va qanday tavsiyanoma olish kerak?
26-Sentabr, 20:00
Sardorbek Bobokulov
-
6
NSP Portal orqali ariza topshirish: Oxirgi bosqichda nimalarga e’tibor berish kerak?
30-Sentabr, 20:00
Muhammadaziz Mamurjonov
Kurs mentorlari
Kurs mentorlari haqida quyida to'liq ma'lumotga ega bo'ling
Mos grantlar
Kursga qatnashganingizdan keyin quyidagi va yana boshqa ko'plab grantlarga topshirishingiz mumkin
Dastur ochiq hamjamiyatiga qo'shiling
Yopiq guruhda savollaringizga mentorlar va bitiruvchilar javob beradi.
Guruhga qo'shilishMuhim tafsilotlar
- Daraja
- Almashinuv (Bakalavr), Professional rivojlanish
- Grant
- NSP
- Imkoniyat turi
- Almashinuv dasturi
- Format
- Online
- Til
- O'zbekcha
- Narx
- Bepul
Masterklassda ishtirok eting
Masterklasslar 12-sentabrdan 30-sentabrgacha davom etadi