Masterklass AQSh

FLEX va YYGS almashinuv dasturlari masterklasslari

Maktab o'quvchilari uchun eng yirik ikki almashinuv dasturi — FLEX va YYGS dasturlari 5 nafar g'oliblari bilan masterklasslar seriyasi! Masterklasslarda ular tanlovga qanday tayyorlangani, ariza topshirish jarayoni va o‘z tajribalari davomida nimalarni o‘rganganlari bilan bo‘lishishadi.

Sanalar: 17 – 21 Okt, 2026
3 ta mentor olib boradi

Masterklass haqida

FLEX va Yale Young Global Scholars (YYGS) – maktab o’quvchilariga yangi muhitda tajriba orttirish, dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro hamjamiyatning bir qismiga aylanish imkonini beradigan nufuzli dasturlar.

Lekin qayerdan boshlash kerak? Arizada nimalarga e’tibor berish lozim? Hali “katta yutuqlarim yo’q” bo’lsa-chi? O’z qiziqishlaringizni qanday qilib to’g’ri ko’rsatish mumkin?

Aynan shu savollarga javob topish uchun MentorGO 5 nafar mentor bilan masterklasslar seriyasini taqdim etadi! Mentorlar – dasturlarning haqiqiy g’oliblari. Ular ham siz kabi maktab o’quvchisi bo’lishgan!

— Tanlovga tayyorgarlik – qayerdan boshlash, saralash bosqichlarida nimalarga e’tibor berish va maktab bilan birga vaqtni qanday taqsimlash.

— Kuchli ariza va insho – o’z hikoyangizni yozish, kichik bo’lsa ham o’z yutuqlaringizni to’g’ri ko’rsatish va boshqalardan ajralib turish.

— Haqiqiy tajriba – mentorlar duch kelgan qiyinchiliklar, xatolar va ularga yordam bergan usullar.

— Keyingi qadam – maqsadingiz sari aniq reja tuzish va bugundan nima qilishni bilib olish.

✨ Eng yaxshi tayyorgarlik – erta boshlangan tayyorgarlik. Xalqaro imkoniyatlar sari birinchi qadamni hoziroq qo’ying!

Darslar jadvali

  1. 1

    FLEX dasturi g‘olibi Sardor Xamdamov bilan suhbat

    17-Oktabr, 20:00

    Sardor Xamdamov

  2. 2

    FLEX almashinuv dasturi va tanlov jarayoni — Sabrina Baxtiyorova bilan

    18-Oktabr, 20:00

    Sabrina Baxtiyorova

  3. 3

    YYGS dasturi ishtirokchisi Muhsina Musayeva bilan suhbat

    21-Oktabr, 20:00

    Muhsina Musayeva

Kurs mentorlari

Kurs mentorlari haqida quyida to'liq ma'lumotga ega bo'ling

Bosh mentor

Masterklassdagi roli
Universitet
Yo'nalish
Stipendiya
O'tkazgan sessiyalar

Dastur ochiq hamjamiyatiga qo'shiling

Yopiq guruhda savollaringizga mentorlar va bitiruvchilar javob beradi.

Guruhga qo'shilish

Muhim tafsilotlar

Daraja
Almashinuv (Maktab)
Imkoniyat turi
Almashinuv dasturi
Grant
FLEX, YYGS
Format
Online
Til
O'zbekcha
Narx
Bepul

Masterklassda ishtirok eting

Masterklasslar 17-oktabrdan 21-oktabrgacha davom etadi

FLEX va YYGS almashinuv dasturlari masterklasslari