Germaniya

PhD darajasi uchun DAAD mentorlik kursi 2027

DAAD PhD Mentorlik Kursi — Germaniyada PhD bosqichida o‘qish va DAAD stipendiyasiga topshirishni maqsad qilgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan yangi mentorlik dasturi. Kurs davomida atigi 5 nafar saralangan ishtirokchi DAAD PhD g‘olibi va Germaniyada i...

Darslar boshlanish sanasi: 05-Sentabr, 2026

Kimlar uchun

Germaniyada doktorantura bosqichida o‘qishni va DAAD orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini jiddiy o‘rganayotgan nomzodlar

Xalqaro darajada PhD nomzodidan nimalar kutilishini tushunib, mavjud ishlari va ilmiy fikrlashini shu darajaga olib chiqmoqchi bo‘lganlar

Ilmiy g‘oyasini aniq tadqiqot muammosi, savollari va metodologiyasi asosida puxta research proposalga aylantirishni istovchilar

Tadqiqot mavzusiga mos professorlarni saralash, universitetlarni solishtirish va ularga professional tarzda murojaat qilishni istovchilar

Tadqiqot rejasi, akademik tajribasi va kelajak maqsadlarini bir-biriga bog‘lab, yaxlit ariza shakllantirmoqchi bo‘lganlar

01

Germaniyada PhD qilishni maqsad qilganlar

Germaniyada doktorantura bosqichida o‘qishni va DAAD orqali moliyalashtirish imkoniyatlarini jiddiy o‘rganayotgan nomzodlar

02

PhD darajasiga tayyorlanayotganlar

Xalqaro darajada PhD nomzodidan nimalar kutilishini tushunib, mavjud ishlari va ilmiy fikrlashini shu darajaga olib chiqmoqchi bo‘lganlar

03

Kuchli tadqiqot rejasi tayyorlamoqchi bo‘lganlar

Ilmiy g‘oyasini aniq tadqiqot muammosi, savollari va metodologiyasi asosida puxta research proposalga aylantirishni istovchilar

04

Tadqiqotiga mos professor va universitet topmoqchi bo‘lganlar

Tadqiqot mavzusiga mos professorlarni saralash, universitetlarni solishtirish va ularga professional tarzda murojaat qilishni istovchilar

05

DAAD PhD arizasini puxta tayyorlamoqchi bo‘lganlar

Tadqiqot rejasi, akademik tajribasi va kelajak maqsadlarini bir-biriga bog‘lab, yaxlit ariza shakllantirmoqchi bo‘lganlar

Kursdan keyin siz...

Kuchli PhD nomzodidan qanday ilmiy fikrlash, tajriba va tayyorgarlik kutilishini tushunib, o‘zingizning hozirgi holatingizni real baholay olasiz

Portfolio, ilmiy tajriba va tadqiqot ko‘nikmalaringizdagi kamchiliklarni aniqlab, ularni qanday kuchaytirish bo‘yicha aniq reja tuzasiz

Tadqiqot muammosi, savollari, maqsadi va metodologiyasini mantiqiy bog‘lab, PhD darajasiga mos ilmiy tadqiqot rejasini tayyorlashni o‘rganasiz

Mos professor va universitetlarni saralash, ularning ilmiy ishlarini o‘rganish va professional tarzda bog‘lanish strategiyasini shakllantirasiz

Tadqiqot rejasi, CV, motivatsiya va boshqa hujjatlaringiz orqali tadqiqot maqsadingiz, tajribangiz va kelajak rejangizni yagona mantiqiy hikoya sifatida taqdim etishni o‘rganasiz

Xalqaro PhD darajasi talablarini tushunasiz

Kuchli PhD nomzodidan qanday ilmiy fikrlash, tajriba va tayyorgarlik kutilishini tushunib, o‘zingizning hozirgi holatingizni real baholay olasiz

Rivojlanish rejangizni shakllantirasiz

Portfolio, ilmiy tajriba va tadqiqot ko‘nikmalaringizdagi kamchiliklarni aniqlab, ularni qanday kuchaytirish bo‘yicha aniq reja tuzasiz

Kuchli tadqiqot rejasi shakllantirasiz

Tadqiqot muammosi, savollari, maqsadi va metodologiyasini mantiqiy bog‘lab, PhD darajasiga mos ilmiy tadqiqot rejasini tayyorlashni o‘rganasiz

Mos professorlarni topish va murojaat qilishni o‘rganasiz

Mos professor va universitetlarni saralash, ularning ilmiy ishlarini o‘rganish va professional tarzda bog‘lanish strategiyasini shakllantirasiz

Yaxlit DAAD PhD arizasini shakllantirasiz

Tadqiqot rejasi, CV, motivatsiya va boshqa hujjatlaringiz orqali tadqiqot maqsadingiz, tajribangiz va kelajak rejangizni yagona mantiqiy hikoya sifatida taqdim etishni o‘rganasiz

Kurs mentorlari

Kurs mentorlari haqida quyida to'liq ma'lumotga ega bo'ling

Bosh mentor

Kursdagi roli
Universitet
Yo'nalish
Stipendiya
O'tkazgan sessiyalar

Qanday tashkil etiladi

Onlayn darslar

orqali maxsus PhD uchun kerakli bilimlar

Video darslar

orqali DAAD uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash

Maxsus guruh

orqali savollaringizga tezkor javoblar olish

Individual sessiyalar

orqali qo'shimcha yordam va hujjatlaringizni tekshirtirish

Kursga kiradi

  • PhD darajasiga tayyorgarlik bo‘yicha yo‘l-yo‘riq

  • Kuchli tadqiqot rejasi shakllantirish

  • Professorlarga murojaat qilish strategiyasi

  • Tayyorlangan hujjatlar bo'yicha fikr-mulohazalar

  • O'zimizdagi bor tajribani taqdim qilish va jarayonda maksimum yordam berish

Kursga kirmaydi

  • DAAD stipendiyasini yutish kafolati

  • Professor yoki universitetdan acceptance/invitation letter kafolati

  • Hujjatlarni sizning o'rningizga tayyorlash yoki professorlar bilan aloqa

  • Sun’iy akademik profil yaratib berish

Eslatma: yakuniy natija sizning hozirgacha bo'lgan ilmiy-akademik portfoliongiz va tadqiqot potensialingizga kuchli bog'liq

Kurs paketlari va narxlar

Standard Tavsiya

3 ga bo'lib to'lash

1,599,000 UZS
1,799,000 −11%
To'liq kurs materiallari (5 yillik ruxsat)
Maxsus Telegram guruh
Haftalik onlayn darslar
Mos universitet va professor topish - 1 ta individual sessiya
Tadqiqot rejasi tahlili - 1 ta individual sessiya
DAAD hujjatlarini tekshirish - 2 ta individual sessiya
Essential

3 ga bo'lib to'lash

2,099,000 UZS
2,399,000 −13%
To'liq kurs materiallari (5 yillik ruxsat)
Maxsus Telegram guruh
Haftalik onlayn darslar
Mos universitet va professor topish - 1 ta individual sessiya
Tadqiqot rejasi tahlili - 2 ta individual sessiya
Professor va universitet bilan aloqa - 1 ta individual sessiya
DAAD hujjatlarini tekshirish - 2 ta individual sessiya

Ko'p beriladigan savollar

Javob topolmadingizmi?

Telegramdagi 3000 ga yaqin odamni bir joyga to'plagan mutlaqo bepul @DAAD_Community ga qo'shiling

Community'ga qo'shilish

DAADning to‘liq doktorantura dasturlarida odatda nomzoddan magistratura yoki unga tenglashtirilgan daraja va yuqori akademik natijalar kutiladi; ayrim istisno holatlarda bakalavr darajasi bilan ham imkoniyat bo‘lishi mumkin. Aniq talablar tanlangan DAAD dasturiga qarab farq qilgani uchun, ariza topshirishdan oldin aynan siz topshirayotgan grant e’lonining eligibility talablarini tekshirish muhim.

Talablar

Ha. Tayyor research proposal bilan kelish shart emas. Ammo kamida qaysi soha yoki muammo doirasida tadqiqot qilishni xohlayotganingiz haqida boshlang‘ich tasavvur bo‘lishi maqsadga muvofiq. Kurs davomida g‘oyangizni aniqroq doiraga qaratish, tadqiqot muammosini aniqlash va uni PhD darajasidagi tadqiqot rejasiga aylantirish ustida ishlaysiz.

Tayyorgarlik

Ilmiy maqola mavjudligi kursga qabul qilish uchun alohida majburiy talab sifatida qaralmaydi. Saralashda umumiy akademik profilingiz, oldingi tadqiqot tajribangiz, PhD uchun motivatsiyangiz, tanlagan yo‘nalishingiz va kurs davomida jiddiy ishlashga tayyorligingiz birgalikda baholanadi. Kursning maqsadlaridan biri ham PhD darajasida qanday profil va ilmiy tayyorgarlik kutilishini tushunishga yordam berishdir.

Talablar Tayyorgarlik

Yo‘q. Tadqiqot rejasi nomzodning o‘z ilmiy g‘oyasi va mustaqil fikrlashini aks ettirishi kerak. Mentor sizga mavzuni aniqlashtirish, tadqiqot muammosini topish, metodologiya va umumiy tuzilmani shakllantirishda yo‘l-yo‘riq beradi, tayyorlagan qoralamalaringizni tahlil qiladi va ularni yaxshilash uchun batafsil fikr-mulohaza beradi. Biz sizga hujjatlarni qanday to'g'ri va to'liq tayyorlashni o'rgatamiz. Ularni o'zingiz tayyorlashingiz kerak bo'ladi

Jarayon

Kurs davomida tadqiqotingizga mos professor va universitetlarni topish, ularning ilmiy faoliyatini tahlil qilish, professional email tayyorlash va murojaat strategiyasini shakllantirish ustida ishlaysiz. Ammo professorning sizni qabul qilishi yoki taklif xati taqdim etishi uning va universitetning qaroriga bog‘liq va kurs tomonidan kafolatlanmaydi. Biz sizga jarayonda qo'ldan kelgancha yo'l-yo'riq ko'rsatamiz, ammo natija bizga bog'liq bo'lmagan juda ko'p faktorlardan kelib chiqadi

Jarayon

Yo‘q. Maqsad professorlarni sizning o‘rningizga topish yoki ular bilan sizning nomingizdan yozishish emas, balki bu jarayonni kelajakda mustaqil boshqara olishingizga yordam berishdir. Mentor mos professorlarni qanday izlash, ularning tadqiqotlari sizning tadqiqot mavzusingizga qanchalik mosligini baholash va kuchli birinchi murojaat tayyorlash bo‘yicha amaliy yo‘l-yo‘riq beradi.

Jarayon

DAAD arizasi kursning muhim qismi bo‘lsa-da, dastur bundan ko'ra ancha kengroq. Siz PhD darajasidagi ilmiy talablarni tushunish, o‘z profilingizni baholash, tadqiqot yo‘nalishini shakllantirish, supervisor tanlash va akademik faoliyatingizni uzoq muddatli rejalashtirish ustida ham ishlaysiz. Shu sababli shakllangan bilim va yondashuv boshqa PhD imkoniyatlariga topshirishda ham foydali bo‘ladi.

Jarayon

Kurs DAAD stipendiyasini yutishni kafolatlamaydi. Uning vazifasi — ariza jarayonini chuqurroq tushunishingiz, zaif tomonlaringizni aniqlashingiz va research proposal, professor tanlash hamda hujjatlar bo‘yicha imkon qadar puxta tayyorgarlik ko‘rishingizga yordam berish. DAAD tanlovida yakuniy qaror nomzodning umumiy profili va tanlov komissiyasi bahosiga bog‘liq. Kursda o'qisangiz imkoniyatingiz qanchalik oshishini oldindan aytib bo'lmaydi. Ammo kurs orqali siz jarayonga ancha tizimli va professional yondoshasiz. Mana shuning o'zi sizning imkoniyatlaringizni oz bo'lsada oshiradi deb ayta olamiz.

Jarayon Natija

Kursda tadqiqot rejasi, akademik profil, professor tanlash va hujjatlar bo‘yicha individual ishlash muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ishtirokchilar sonini kichik saqlash orqali mentor har bir nomzodning tadqiqot yo‘nalishi va individual ehtiyojlariga yetarlicha vaqt ajrata olishi maqsad qilingan.

Talablar Saralash

Orzuingizga erishish yo'lini birga bosib o'tamiz

Kurs 05-Sentabr, 2026 da boshlanadi.

PhD darajasi uchun DAAD mentorlik kursi 2027

05 Sen, 2026