Ozoda Shaxobiddionova

Germaniya

Ozoda Shaxobiddionova

DAAD g'olibasi
Hochschule für Technik und Wirtschaft Berlin Software engineering · Magistratura

Mentor haqida

Ozoda Shaxobiddinova — DAAD (All Disciplines Scholarship 2026–2028) stipendiyasi sohibasi. Hozirda Germaniyaning Hochschule für Technik und Wirtschaft Berlin (HTW Berlin) universitetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

Ozoda dasturiy ta’minot muhandisligi, frontend dasturlash, mahsulotlarni boshqarish (product management) va raqamli texnologiyalar sohalarida amaliy tajribaga ega. Professional faoliyati davomida EPAM Systems kompaniyasida JavaScript Intern sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, Software Engineer Assistant lavozimida ishlagan. JavaScript, Node.js va dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha bilimlarini amaliy loyihalarda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, KOTRA bilan bog‘liq professional tajribasi ham mavjud.

Uning akademik va texnik qiziqishlari sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish (machine learning) va ma’lumotlarga asoslangan texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Bakalavrlik bitiruv ishida neyron tarmoqlar va foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalanib, turli sharoitlarda foydalanuvchilarning muayyan takliflarga munosabatini bashorat qiluvchi adaptiv modellarni ishlab chiqqan.

Mentorlik yo'nalishlari

Davlatlar

Germaniya

Grantlar

DAAD

Bosqichlar

Magistratura

Ta'lim turi

To‘liq taʼlim

Ta'lim

  1. Magistratura · Biznes-axborot tizimlari 2026 – 2028
    Hochschule für Technik und Wirtschaft Berlin Kompyuter fanlari va IT · Biznes-axborot tizimlari
  2. Bakalavr · Kompyuter fanlari va IT 2021 – 2025
    New Uzbekistan University Kompyuter fanlari va IT

Kurslar hali ochilmagan

Hozircha faqat individual sessiyalar mavjud. Guruh kurslari ochilganda shu yerda ko'rinadi.

Masterklasslar hali e'lon qilinmagan

Mentor masterklass o'tkazganda u shu yerda ko'rinadi. Hozircha individual sessiya band qilishingiz mumkin.