Amerika Qo‘shma Shtatlari
Muxlisa Bahromova
Erasmus Mundus dasturi gʻolibasi
Europa-Institut, Saarland University
Huquq va iqtisodiyot · Almashinuv dasturi
Mentor haqida
Muxlisa Bahromova — Erasmus Mundus Master in Law and Economics (EMLE) dasturiga qabul qilingan va Erasmus Mundus (2025) stipendiyasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashari, u QS reytingida 89-o‘rinda turuvchi AQShdagi Penn State Universitetining 40 000 AQSh dollarlik grantini (2024) yutgan. Shuningdek, Germaniyaning Saarland universitetida Erasmus+ almashinuv dasturi orqali 2024–2025 o‘quv yilida to‘liq moliyalashtirilgan holda tahsil olgan. 2023-yilda Polshaning Gdansk universitetida 1 semestr davomida almashinuv dasturida ishtirok etgan.
U o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida amaliyot o‘tagan, shuningdek, Moskva shahridagi Higher School of Economics universitetida iqtisodiy sanksiyalar va xalqaro moliyaviy huquq sohasida qisqa muddatli ilmiy amaliyotda qatnashgan.
Muxlisa, AMCHAM mentorlik dasturi va YPIP amaliyot dasturining finalchisi sifatida Center for Progressive Reforms tashkilotida amaliyot oʻtagan. U Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik klinikada pro bono huquqiy maslahatlar bergan va Street Law loyihasi doirasida o‘quvchilarga interaktiv darslar o‘tgan.
Liderlik va tashabbuskorlik faoliyatlari doirasida “Social Experiments Club” klubiga asos solgan, talabalar uchun ijtimoiy tajribalar orqali huquqiy nazariyani amaliyot bilan bog‘lovchi loyihalarni amalga oshirgan. Shuningdek, “Targ‘ibot Poyezdi” tashabbusi orqali 400 dan ortiq ishtirokchiga huquqiy savodxonlik va raqamli bilimlar bo‘yicha treninglar o‘tkazgan.
Mentorlik yo'nalishlari
Davlatlar
Grantlar
Erasmus+
Erasmus Mundus
Bosqichlar
Ta'lim turi
Ta'lim
-
Almashinuv dasturi · Law 2024 – 2025Europa-Institut, Saarland University -
Bakalavr · Public Administration 2021 – 2025Tashkent State University of Law -
Almashinuv dasturi · Public Law 2024 – 2024University of Gdańsk
Kurslar hali ochilmagan
Hozircha faqat individual sessiyalar mavjud. Guruh kurslari ochilganda shu yerda ko'rinadi.
Masterklasslar hali e'lon qilinmagan
Mentor masterklass o'tkazganda u shu yerda ko'rinadi. Hozircha individual sessiya band qilishingiz mumkin.