Germaniya
Barno Kamilova
DAAD & Stipendium Huncaricum g'olibasi
University of Tübingen
Global Public Health · Magistratura
Mentor haqida
Barno Kamilova — Germaniya hukumatining DAAD – All Disciplines stipendiyasi (2025) va Stipendium Hungaricum stipendiyasi (2025) sohibasi. Shuningdek, u 2025-yilda University of Genevaning Global Public Health magistratura dasturiga qabul qilingan. Hozirda Barno Germaniyadagi University of Tübingenda Population Based Medicine (Public Health) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Uning o‘quv dasturi tibbiy statistika, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, epidemiologiya hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi intervensiyalarni rejalashtirish va baholash kabi fanlarni o‘z ichiga oladi.
Barno 2019–2025-yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialida tahsil olgan. Talabalik davrida, 2022–2025-yillar davomida dermatologiya klinikasida amaliyotchi sifatida faoliyat yuritib, klinik amaliyot bilan bir qatorda dermatologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 2024–2025-yillarda oilaviy shifokor sifatida ishlagan. Bundan tashqari, u 2023–2024-yillarda UNFPA loyihalarida volontyor sifatida ishtirok etgan hamda Trainer Facilitator sifatida sog‘liqni saqlash, reproduktiv salomatlik va boshqa ijtimoiy mavzularda turli axborot seminarlari va treninglar tashkil etgan. Yaqin ilmiy qiziqishlari inson papilloma virusi (HPV) bo‘yicha tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. 2026-yil sentyabr oyidan boshlab esa Frankfurt am Maindagi Public Health Office’da amaliyot o‘tashni boshlaydi.
Mentorlik yo'nalishlari
Davlatlar
Grantlar
Stipendium Hungaricum
Bosqichlar
Ta'lim
-
Magistratura · Global Public Health 2025 – 2027University of Tübingen -
Magistratura · General Medicine 2019 – 2025Urgench branch of Tashkent Medical Academy