Mirzayev Mahmudxoʻja
About Mentor
Mirzayev Mahmudxoʻja Germaniya hukumatining DAAD Scholarship (2024) grant dasturi g‘olibi. AQShning UNITED Student Exchange Program (2023) dasturi alternate gʻolibi sifatida eʼtirof etilgan. Jahon Savdo Tashkiloti huquqi (WTO Law) boʻyicha Hindistonning Kalkutta shahrida oʻtkazilgan John.H. Jackson xalqaro namunaviy sud protsessi - moot court (2024) ishtirokchisi.
Shuningdek, Amerika Kengashlari va AQShning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Yoshlar Liderlik Konferensiyasida (UZYLC, 2023) qatnashgan.
Niderlandiyaning Haga shahridagi Young ICCA (International Council for Commercial Arbitration) va Germaniyaning Bonn shahridagi DIS (German Arbitration Institute) xalqaro tashkilotlarining a’zosi. “Leges Advokat” advokatlik firmasida Junior Associate sifatida faoliyat yuritgan (2023–2024).
Mirzayev Mahmud xalqaro tajribasi, akademik yutuqlari va professionalligi bilan huquq sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan yosh mutaxassis.