![](/images/mentors/cover.jpg)
![](https://grantgo-mentor.s3.eu-central-1.amazonaws.com/mentors/profile/01JJ4FXW3X8GJCMSGP9QP4901B.png)
Quvonchbek Otabekov
About Mentor
Quvonchbek Otabekov Germaniya hukumatining DAAD All Academic Disciplines (2024) grant dasturi gʻolibi. U Yaponiyaning tashqi ishlar vazirligi va JICE (Japan International Cooperation Center) tomonidan tashkil etilgan MIRAI qisqa muddatli almashinuv dasturi "Rule of Law" yo‘nalishida ham gʻolib boʻlgan (2023). Amerika Kengashlari va AQSh elchixonasi tomonidan tashkil etilgan YPIP (Young Professional Internship Program) dasturida ham ishtirok etgan (2023). Shuningdek, Germaniyaning Friedrich-Ebert Jamg‘armasi va Mahorat & Management tomonidan tashkil etilgan YoLP (Young Leadership Program) grantini qo‘lga kiritgan. Yaponiyaning Nippon Jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladigan JACAFA stipendiyasi yarim finalchisi (2022).
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparatida to‘rt oylik amaliyot (2024-yil yanvar-aprel) davomida huquqiy masalalarni hal qilishda ishtirok etgan. CARE CSR (Corporate Social Responsibility) kompaniyasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti normalariga oid tadqiqot yordamchisi sifatida ikki oy (2023-yil oktyabr-noyabr) faoliyat yuritgan.
Yevropaning ELSA (European Law Students Association) Germany hamjamiyati a’zosi (2024-yil noyabrdan), Young ICCA (International Council for Commercial Arbitration) hamjamiyati a’zosi (2024-yil oktyabrdan) va DIS (German Arbitration Institute) tashkiloti a’zosi (2024-yil noyabrdan).
Kuvonchbek Otabekov xalqaro huquq, yetakchilik va tadqiqot sohalaridagi muvaffaqiyatlari bilan tanilgan va o‘z sohasi bo‘yicha doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘rganib kelmoqda.
Education
![](https://grantgo-mentor.s3.eu-central-1.amazonaws.com/universities/logos/01JJ43ZVG8PRBR0X73G6K0VGS3.png)
![](https://grantgo-mentor.s3.eu-central-1.amazonaws.com/universities/logos/01JJ4M4737BG1FWR1WMAB2TRG4.png)