Ali Egamberdiyev
About Mentor
Ali Egamberdiyev Türkiye Bursları Magistratura dasturi (2023) g‘olibi bo‘lib, 3 yillik mentorlik tajribasiga ega. Turk tilini Yunus Emre Institutining Boku filialida C2 darajasigacha mukammal o‘rgangan. 4 yildan buyon turk tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib, talabalarning akademik va shaxsiy rivojlanishida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda.
Ijodiy tomondan Shekspirning "Makbet", "Gamlet", va "Romeo va Juliyetta", shuningdek Sirojiddin Rustamning "Qilich va Qismat" pyesalarida rol ijro etgan. Shuningdek, "Qodirxon" va "Jurnalist orzular shahri" serialining 2-faslida ishtirok etgan. Bundan tashqari, dublyaj aktyori sifatida ham faoliyat yuritadi.
Hozirda, "Teatr aktyorining qahramon xarakterini yaratishda K. Stanislavskiy sistemasining ahamiyati" mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.